Soliyeva Iroda Azizbekovna bolaligida ta'limga qiziqishi kuchli bo'lgan. U 5-sinfdan 9-sinfgacha Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda tahsil oldi. O'qish jarayonida u ingliz tiliga qiziqish orttirib, bu tilni mukammal o'zlashtirishga intildi. 10-sinfda esa yangi ochilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga imtihonsiz qabul qilindi. Kimyo fanidagi iqtidorini namoyish etib, viloyat bosqichidagi olimpiadada 3-o‘rinni egalladi, bu esa uni Abu Ali ibn Sino nomidagi kimyo-biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktabga o'tishga undadi. U 2019-yilda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 239-sonli ayrim ixtisoslashtirilgan sinflari bor maktabni muvaffaqiyatli tamomladi.