
Yosh lider
Reytingdagi o'rni
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Tojiboyeva Muslima Husan qizi 2008-yil 16-yanvarda Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Hojiobod mahallasida tug‘ilgan. U ajdodlaridan nasib bo‘lib, yetuk bir mutaxassis bo‘lish maqsadida oliy o‘quv yurti O‘zbekiston Jahon tillari universiteta tahsil oladi.
Muslima Tojiboyeva, bolalik davrida har doim o'zini jamiyatga foyda keltiradigan inson sifatida ko'rishni orzu qilgan. Ota-onasi unga doimo yaxshilikni, bilim oldini qabul qilishni o'rgatgan. Uning ota-onasi bilan bo‘lgan munosabatlari juda muhimdir. Ularning samimiyligi va mehrini har doim his qilgan.
U o‘z faoliyatini maktabda o‘qib yurgan davrida turli tadbirlarda ishtirok etishdan boshlagan. Muslima olimpiadalar, kitobxonlik tadbirlari va Zakovat o‘yinlarida faol ishtirok etgan. U hamisha jamiyatda ijtimoiy faollik ko‘rsatgan.
Muslima ta’lim sohasida 100 dan ortiq sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. U, shuningdek, Volontyorlar maktabida 'Kitob hayriya' va 'Hayvonlarga yordam' loyihalarini amalga oshirib, jamiyatga yanada foydali bo'lishga harakat qilmoqda.
Muslima hayotida ota-onasining katta ta’siri bo‘lgan. Ularning mehr-muhabbati, ishonchiligi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi uni yanada kuchli shaxs sifatida shakllantirgan. U o'z ustida doimiy ravishda ishlashni, bilimlarini oshirishni va ijtimoiy loayhalarda faol ishtirok etishni asosiy maqsadi sifatida belgilagan.
Muslima Tojiboyeva Toshkent Shahar Jahon tillarini universitetini tamomlab, tajribali filolog bo‘lishni rejalashtiradi. U o'z bilim va tajribasini doimiy ravishda rivojlantirish, hamda jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan.
Muslima yoshlar uchun shuni ta’kidlashni joiz deb hisoblaydi: 'O‘zingizga ishoning va hech qachon orzularingizdan voz kechmang'. Boshqalarga mas’uliyatli bo‘lishni o‘rgatish, nazorat qilish va o‘z ustida ishlash sog'lom va samimiy muhit yaratadi.
Muslima Tojiboyeva o'z hayot yo'lida o'z bilimini rivojlantirishi, yosh avlodga ta'lim berishi va jamiyatga xizmat qilishda davom etishini kutmoqda. U ese, kelajakda yoshlarni tarbiyalash orqali jamiyatni yanada kuchaytirish va o'z hissasini qo'shishga intilmoqda.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.