Jasmina faoliyatini maktab davridan boshladi. U o‘zini bajarishi kerak bo‘lgan vazifalar va maqsadlar haqida o‘ylab, kelajagi uchun harakat qilishga qaror qildi. Maktabda qatnashgan ko‘plab tadbirlar, tanlovlar va ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki unga jamoasida e'tiborni tortishga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga imkon berdi. Jasmina 2019-yilda Abdulla Oripov ko‘rik-tanlovida viloyat bosqichigacha chiqqan, bu esa uning iste’dodini yanada oshirdi. Maktabda o‘qishda bo‘lgan muvaffaqqiyatlaridan tashqari, o‘rtoqlari bilan qiziqarli tadbirlar tashkil etib, ijodiy ishlarda ishtirok etdi.