Toshmurodov ilmiy tadqiqot, notiqlik san’ati, intellektual musobaqalar hamda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishlarida qator yutuqlarga erishgan. U 2019-yilda Samarqand shahrida notiqlik san’ati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi notiq” deb e’tirof etilgan. Shuningdek, Upward Growth Forum ilmiy-amaliy konferensiyasida “The Best Delegate” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2025-yilda Yosh tarixchilar yozgi o‘qishi g‘olibi bo‘lgan hamda yosh tarixchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual musobaqasida ishtirok etgan. Bundan tashqari, “Yuksalish” tomonidan tashkil etilgan turli tanlovlarda qariyb o‘n marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ilmiy faoliyati davomida yuridik ta’lim va huquqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratib, “КОНКУРЕНТНАЯ ПОДГОТОВКА В ЮРИДИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ” hamda “THE IMPORTANCE OF LEGAL SKILLS IN LEGAL EDUCATION” nomli ilmiy maqolalari Rossiya va AQSHda chop etilgan. 2022-yil 15-fevralda MDH davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” ko‘krak nishoni, sertifikat va diplomlar bilan taqdirlangan. Shuningdek, Talabalar festivali doirasida tashkil etilgan ilmiy maqolalar tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Uning ilmiy izlanishlari tarix, davlat va jamiyat munosabatlari hamda zamonaviy ta’lim masalalarini ham qamrab oladi. Jumladan, “Navoiy va Bobur qarashlarida davlat va jamiyat munosabatlari” mavzusida ilmiy maqola tayyorlagan hamda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ta’lim transformatsiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Bugungi kunda ta’lim sohasida tarix fanining o‘rni” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etgan. Harbiy xizmat davomida harbiy tayyorgarlikning qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanishi va o‘zgarishlarini o‘rganish, taqqoslash hamda targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyati bilan ajralib turgan. Ushbu faoliyati uchun “Harbiy vatanparvar” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Qurolli Kuchlar safida eng yosh “Harbiy sportchi” ko‘krak nishoni sohibi sifatida e’tirof etilib, tegishli sertifikat va diplomlar bilan taqdirlangan. Ilmiy izlanishlari va tadqiqotchilik faoliyati uchun “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” ko‘krak nishoni, sertifikat va diplomlarga ega bo‘lgan. Uning erishgan natijalari ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, intellektual salohiyati, notiqlik mahorati, tarixiy tafakkuri hamda harbiy-vatanparvarlik faoliyatidagi faolligini namoyon etadi.