Bolalik va o'sish muhiti
Tursoatova Munisa Xidir qizi 2008-yil 25-aprelda O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida dunyoga kelgan. Ota-onasi unga ta’lim berish, tarbiya qilishda katta e’tibor qaratgan. Munisa bolalikdan kitob o‘qish, she’rlarni ifodali o‘qish kabi faoliyatlarga qiziqqan, bu qiziqish uning kelajakdagi yo‘lini belgilashga yordam bergan. Uning onasi va otasi Munisaga har doim o‘z bilimlarini oshirish va izlanishlar bilan shug‘ullanishni maslahat berishgan, bu uning fikrlash tarzi va kelajakdagi maqsadlarida o‘z aksini topgan.
