
Promo kod
Usmonova Sevinch Rashid Qizi taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Usmonova Sevinch Rashid Qizi 2008-yil 13-dekabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil oladi. Uning ta'lim yo'li maktabda o'rgangan bilimlari va ota-onasining qoʻllab-quvvatlashi bilan belgilangan.
Sevinchning oʻqishga boʻlgan qiziqishi ilk bolaligidan shakllangan. Onasi uni 3-4 yoshidanoq oʻqish va turli tillarni oʻrganishga qiziqtirgan. Uning aytishicha uning ideali onasi hisoblanadi. "Oyijonim kitoblar oʻqishni yaxshi koʻradilar hech qachon bilim oʻrganishdan toʻxtamaydilar. Bu mening hayotimda katta oʻrnak boʻlgan" deydi Sevinch.U 2015-yildan 2021-yilgacha Qashqadaryoning 70-maktabida tahsil oladi. Ushbu maktabdagi ta'lim jarayoni uning qiziqishlarini yanada rivojlantiradi. Keyinchalik, 2021-2022-yillarda Shahrisabz shahar davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'qiydi. 2022-yildan 2026-yilgacha esa Shahrisabz shahar ixtisoslashtirilgan maktabida ta'lim oladi. Ushbu ta'lim jarayoni uni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o'qishga tayyorlaydi. U hozirda JIDU talabasi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va menejment yoʻnalishi 1-bosqichida akademik faoliyatini davom ettirmoqda.
U Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olishi bilan birga iqtisodiyot va davlatlararo iqtisodiy hamkorliklarga qiziqadi. U mashhur xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballni qoʻlga kiritgan hamda umumta'lim matematika, ona tili, tarix fanlaridan maksimal A darajadagi sertifikatga ega. U IT va dasturlash bo‘yicha loyihalarda qatnashgan bo'lib, bu uning texnologik va iqtisodiy ko'nikmalarini yanada oshiradi. Bundan tashqari u maktab davrida "Yosh akademiklar" klubi, hamda "Vatan tayanchi" harbiy harakatiga a'zo boʻlgan. Bu yutuqlar uning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlariga ishonch bag'ishlaydi.
Sevinch o'z bo'sh vaqtida ilmiy, badiiy, psixologik va boshqa turli kitoblarni o'qish vaqti oʻtkazadi. U ko'p tillarni o'rganishga qiziqadi va davlatlar haqidagi yangi ma'lumotlarni o'rganishga ham e'tibor beradi. U, shuningdek, intizomni liderlik fazilati sifatida ko'radi va bu orqali o'zining kelajak rejalari uchun aniq yo'nalishlar belgilaydi. U o'z shiorida, "O‘zingizni yuksaltirishdan hech qachon to‘xtamang va qalbingizni go‘zal tuting" degan g'oyani ilgari suradi, bu esa uning harakatlarini doimo rag'batlantiradi.
Sevinch kelajakda bakalavriatni qizil diplom bilan tugatishni, magistraturani xorijiy davlatlarda o'qish va nufuzli elchixonalar va davlat oliy idoralarida faoliyat yuritishni rejalashtiradi. U o'zining oldiga aniq maqsadlar qo'yadi va ularga erishishda qat'iyat bilan harakat qiladi. Bu yo'lda u har doim intizom va bilimni asosiy fazilatlar sifatida belgilaydi.
Uning fikricha, boshqalar atrofdagilarning tanqidlarini toʻgʻri qabul qilgan holda, o'z maqsadlaridan voz kechmaslikni o'rganishlari zarur. Xuddi shunday, u insonlarga har doim jamiyat bilan hamnafas boʻlishni va go'zal insoniy fazilatlarga ega bo'lish kerakligini ta'kidlaydi. Yoshlarga o'z maqsadilari yoʻlida doimo yuksalish istaklarini saqlash zarurligini aytadi.
Sevinch Usmonova shaxsiy va akademik maqsadlar sari izlanishda davom etmoqda. U o'zi ta'lim olib turgan sohada nafaqat yuqori natijalarga erishishni, balki jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatish niyatida. Kelajakda xalqaro maydonda o'z maqsadlariga erishish va o'z iste'dodini rivojlantirish uchun mukammal imkoniyatlarga ega bo'lib, u juda reja va orzulari bilan to'la.