
Promo kod
Xayrullayeva Farangiz Shukrullayevna taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Xayrullayeva Farangiz Shukrullayevna 2008-yil 8-may kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand davlat chet tillari universitetining "Xorijiy til va adabiyot" yo‘nalishi 1-kurs talabasi sifatida o'z ta'lim yo'lini davom ettirmoqda.
Farangizning ilm yo‘lidagi dastlabki qadamlari 2015-yilda 14-sonli maktabda boshlangan. U 3-sinfdan e’tiboran 13-sonli maktabda umumta'lim ta’limini davom ettirgan. 2020-yilda Samarqand viloyati Prezident maktabiga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan. 2-bosqichda esa 0,3 ball yetmay qolgan bo'lsa ham, bu holat uning qat’iyatini yanada oshirgan. 2022-yilda u qayta imtihon topshirib, Samarqand viloyati Paxtachi tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qabul qilingan va 9-sinfgacha ushbu ta’lim muassasasida tahsil olgan. Farangiz 2024-yilda Paxtachi tumani 2-sonli kasb-hunar maktabiga o‘qishga kirgan, ushbu ta’lim muassasasi 2025-yilda Paxtachi tumani 2-son politexnikumiga aylantirilgan bo'lib, u 2026-yilda politexnikumning “Kompyuter va zamonaviy texnologiyalar” yo‘nalishini a’lo baholar bilan, qizil diplom asosida tamomlagan.
Xayrullayeva Farangiz 2026-yilda Samarqand davlat chet tillari universitetiga qabul qilingan va hozirda "Xorijiy til va adabiyot" yo’nalishida 1-kurs talabasi sifatida tahsil olmoqda. U o‘rta maxsus ma’lumotni imtiyozli yakunlagan holda oliy ta’lim olishga muvaffaq bo'lgan. Farangizning chet tillarga bo'lgan qiziqishi rus tili o‘qituvchisi bo‘lgan bobosidan va ota-onasidan kelib chiqadi, ular o'z farzandlariga ta'lim olishda katta yordam bergan.
U 5-sinfdan boshlab ingliz tilini erkin va chuqurlashtirilgan holda o‘rganishga kirishgan. Farangiz hozirda English Center o‘quv markazida Support Teacher sifatida faoliyat yuritadi. 2025-yil yanvar oyida ingliz tilidan B2 darajasidagi sertifikatni qo‘lga kiritgan va ingliz tilini kiberxavfsizlik yo‘nalishi bilan uyg‘un holda o‘rgangan. 2025-yil sentyabr oyida tibbiyot sohasiga qiziqib, 3 oylik tayyorgarlikdan so‘ng oktabr oyida milliy sertifikatning C+ darajasini egallagan. Ona tili fanidan 1 oy davomida tayyorgarlik ko‘rib, B+ darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan, 2026-yilda tarix fanidan 10 kunlik tayyorgarlik bilan C darajali milliy sertifikatga ega bo'ladi. Farangiz 2025-yil yanvar oyida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovida guruh sardori tariqasida qatnashib, jamoasi bilan viloyat miqyosida 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, u "Zakovat" intellektual turnirlarida 3 marotaba sardor sifatida jamoasini boshqarib, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2026-yilda "Zamonaviy kasblar" ko‘rik-tanlovining “Kompyuter grafikasi va dizayni” yo‘nalishida politexnikum va sektor bosqichlarida 1-o‘rinni, viloyat bosqichida esa 3-o‘rinni egallagan va politexnikumda yoshlar yetakchisi yordamchisi sifatida ko‘plab tashakkurnoma va sertifikatlarga sazovor bo'lgan. Shuningdek, Farangiz karate bilan shug‘ullangan va to‘q sariq belbog‘ga ega.
Farangiz bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazishga harakat qiladi, asosan psixologiya kitoblarini o‘qiydi va inson shaxsiyati hamda ichki olamini o‘rganadi. U hamshiralik ta’limini olgan, grafika san’ati bilan shug‘ullanadi va yengil atletika bo‘yicha yugurish hamda yoga bilan muntazam shug‘ullanadi.
U kelajakdagi maqsadlarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratgan strategik reja sifatida ko‘radi. Farangiz universitetda tahsil olayotganda kuchli intizom va tinimsiz mehnat evaziga 100 foizlik grantni qo‘lga kiritmoqchi va 6 oy mobaynida xorijning nufuzli universitetlarida akademik mobillik asosida o‘qib, global tajriba orttirish niyatida. U SAT sertifikatini to‘laqonli egallash va magistraturada “Xalqaro huquq” (diplomatik yurisprudensiya) yo‘nalishida o'qishni rejalashtirmoqda. Kelishda, u kuchli diplomat bo‘lib shakllanishni hamda mamlakat tashqi siyosiy aloqalarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishga intiladi.
Farangiz hayotiy shiorini “Kuzatuvchi bo‘lma — sharoitga bo‘ysunmay, o‘z qoidalaringni yarat va doimo birinchi bo‘l” deb belgilaydi. Bu prinsip u har qanday qiyinchilik vaqti temir intizom bilan intilish va to‘liq mas’uliyat olishga chaqiradi. U boshqalarga ilhom bag‘ishlab, kuchli lider va o‘rnak bo'lishga intiladi.
Xayrullayeva Farangiz Shukrullayevna bugungi kunga kelib, o'z ta'lim yo'lida ko'p yutuqlarga erishgan yosh yetakchidir. Uning kelajak maqsadlari, o'z-o'zini rivojlantirish va jamiyatga xizmat qilish istagi, mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirishga qaratilgandir. Farangizning mehnat, sabr-toqat va qat'iyati kelajakda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishiga imkon beradi.