Bolalik va Ta'lim
Muxlisa 2007-yil 7-may kuni Toshkent shahrida tug'ildi. U kichik yoshidan ota-onasi tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlanib, ta'limga qiziqish bilan o'sdi. 2022-yildan 2024-yilgacha TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi yuridik akademik litseyda tahsil oldi. Bu davrda u yuridik sohasida asosiy bilimlarni egallab, tajribalar o’ta muhimligini anglab yetdi. 2024-yildan Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida tahsil olmoqda.
