Kirish
Xudoyberdiyeva Bibixonim Shuxratjonovna, 2008-yil 8-fevralda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent viloyatida yashaydi. U 347-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan va axborot xizmati hamda jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida ta’lim olmoqda. Bibixonim karate sportida 3 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lib, turk va ingliz tillarida sertifikatlarga ega. U bo‘sh vaqtida qo‘shiq kuylashni va yangi tillarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi, shuningdek, o‘zini turli sohalarda rivojlantirishga intiladi.
