
Yosh lider
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Xurramova Munisa Xoltoʻrayevna, 2006-yil 21-aprelda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati institutida bakalavr bosqichida tahsil oladi. U filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishida o'qiydi.
Bolaligida Munisa o`qishga va ilm olishga katta qiziqish bildirib, 2013-yilda maktabga ilk bor qadam qo‘ygan. Maktab davrida o'qituvchilaridan kelajakda mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida ulg'ayishini xohlashgani haqida eslaydi. U yillar davomida maktab va tuman bosqichlarida turli xil olimpiadalarda qatnashdi. Natijada 2024-yilda boshlang'ich maktabni “Oltin medal” bilan tamomlagan.
Juda ko'p vaqtlarda o'z bilimlarini oshirishga intildi. 2023-yil dekabr oyida xalqaro IELTS sertifikatini qo'lga kiritdi. 2024-yilda ona tili va adabiyot fanidan B+ darajadagi Milliy sertifikatga ega bo'ldi. Bu sertifikatlar uning bilim va qobiliyatlarini tasdiqlovchi muhim yutuqlardir.
Munisa 2025-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Kitobxonlik tanlovida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Bu tanlovda u o'zining raqiblariga nisbatan yuqori natijalar ko'rsatdi. Shuningdek, 2025-yil yoz oyida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 36-maktabda “Sahifalar sadosi ostida mutolaa” nomli loyiha tashkil qildi. Bu loyiha o'qish va kitobga bo'lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan.
Munisa Vatanga va ota-onasiga xizmat qilishni asosiy burchi deb biladi. Uning ilhom manbai “Qizlar akademiyasi” loyiha rahbari Marjona Joʻraqulovadir. Marjona doimo kelajak uchun harakat qilishi va o'zining maqomi bilan barchani ilhomlantirgan. Munisaning hayotiy shiori – “Kelajakda roʻyobga chiqadigan orzularing faqat sening qoʻlingda, harakatdan toʻxtama!”.
Boshqa yoshlar uchun qanday maslahatlar berish uchun Munisa o'zining bo'sh vaqtlarini ijodiy faoliyat, oshpazlik va ko'p kitob o'qishga bag'ishlaydi. Tabiat qo'ynida o'tirgan holda kitob o'qishni juda yoqtiradi. Ijodkorlik bilan bir qatorda, Munisa mutola loyihalari va ilmiy rahbari bilan ishlashni o'z kunlik strategiyasiga kiritadi.
Kelajakda Munisa, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida faoliyat yuritmoqchi. O'z xohlagan universitetda o'qituvchi bo'lishni va kamida 3 ta tilni o'rganishni maqsad qilgan. Munisa kelajak uchun rejalari haqida shunday deydi: “Kelajagingiz uchun harakat qiling! Bugungi kurashingiz va uyqusiz tunlaringiz, albatta, ertangi g‘alabangiz uchun zamin yaratadi.”
Munisa Xurramova o'zining ilmli va ijodiy talablari bilan kelajakda o'z o'rnini to'ldirishga tayyor bo'lgan yosh vakil sifatida taniladi. U o'zining bilimlarini va ko'nikmalarini yanada oshirib, ta'lim sohasida yangiliklar qilishga intiladi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.