Xurshida Baxtiyorova Umidjon qizi 2007-yil 4-oktyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Uning bolaligi san’atkorlar oilasida kechgan. Oilada san’atga bo‘lgan qiziqishlar va iste’dodlar ko‘pligi, unga san’atga qiziqish va muvaffaqiyatga erishish uchun ilhom bergan. Bolalik davrida Xurshida musiqa va ijro etish san'ati bilan shug‘ullanishni boshlagan bo‘lib, bu o‘z ta’limida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu sababli, 2017-yilda musik maktabiga o‘qishga kirgan va u yerda o‘zida san’atga bo'lgan qobiliyatni kashf etgan. Maktabni tamomlagandan so‘ng, 2023-yilda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida ta’lim olgan.
Bu davrda u turli ko‘rik tanlovlarda ishtirok etib, o‘z iste’dodini namoyon etgan.