Shahrizoda “Yilning innovator tadqiqotchisi” xalqaro tanlovida ishtirok etib, xalqaro sertifikat va diplom bilan taqdirlangan. U Sharq universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Qizlar akademiyasida ham faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib kelmoqda. Hozirda Navoiy viloyatidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida volontyorlik va koordinatorlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, “Moda yo‘li” loyihasida lider hamda Navoiy viloyatidagi UstozAl sardori sifatida faoliyat olib borib, talabalar uchun malaka oshirish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etgan. Shahrizoda mobilografiya va volontyorlik maktablarini tamomlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan. Kelajakda u o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan.