Haqiqiy lider — boshqalarga buyruq beradigan emas, ularga yo‘l ko‘rsatadigan insondir!
Liderlik — bu shunchaki oldinda yurish emas, balki boshqalarga ishonch berish, ularni bir maqsad sari birlashtirish va har qanday vaziyatda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir.
Kuchli lider so‘zi bilan emas, amali bilan namuna bo‘ladi. U boshqalarning yutuqlaridan quvonadi, qiyinchiliklarda dalda beradi va hech qachon o‘z jamoasiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaydi.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadlaridan biri — o‘z yo‘nalishida izlanishlarni davom ettirish, laboratoriya va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish hamda ilm-fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shishdir.
Ota-onasining unga bildirgan ishonchi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi uning hayotida muhim o‘rin tutadi. Aynan shu ishonch unga o‘z ustida ishlash, maqsadlari sari intilish va oliy ta’lim muassasasiga grant asosida talaba bo‘lish yo‘lida katta motivatsiya bergan.
U kitobxonlikka alohida qiziqadi va hozirda volontyorlik faoliyatida ham ishtirok etmoqda. Bu orqali u nafaqat bilim va tajriba orttirishni, balki jamiyatga foyda keltirishni ham maqsad qilgan.
Uning fikricha, tavakkal qilishdan qo‘rqmaslik, yangi imkoniyatlardan foydalanish va qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslik muvaffaqiyat sari muhim qadamlardir.
U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilishdan to‘xtamaydi, bilim va tajribasini oshirib, kelajakda ilm-fan sohasida munosib natijalarga erishishni maqsad qilgan.