Abdisalimov Bexruzbek Sherzodbek O'g'li

Abdisalimov Bexruzbek Sherzodbek O'g'li
Abdisalimov Bexruzbek Sherzodbek O'g'li
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Abdisalimov Bexruzbek Sherzodbek o‘g‘li 17.10.2006-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashaydi.

U Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universitetining 3-kurs talabasi bo‘lib, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olmoqda. U 2024-yilda 1-kurs talabasi sifatida o‘qishni boshlagan.

Bexruzbek wushu va gandbol sport turlari, fan olimpiadalari hamda CEFR imtihoni bo‘yicha yutuqlarga ega. Unga Cristiano Ronaldoning mehnat orqali hamma narsaga erishish mumkinligini isbotlagan faoliyati va otasining unga sarflayotgan katta mehnati ta’sir qilgan.

Uning ilhomlantiruvchi shiori: “Muvaffaqiyat bu maqsad emas, muvaffaqiyat bu sayohat”. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun inson, avvalo, o‘zini topishi va o‘z qirralarini ochishi kerak.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, futbol o‘ynaydi va Formula 1 tomosha qiladi. Formula 1 sport turiga qiziqadi va uni hobbilardan biri deb biladi. Shuningdek, hamma narsa tartibli turishini xohlaydi.

U o‘zini perfektsionist deb hisoblaydi. Uning fikricha, boshqalar undan e’tiborli, mehnatkash, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lishni, shuningdek, liderlik qobiliyatini o‘rganishlari mumkin.

Bexruzbekning kelajakdagi maqsadi — o‘zi tahsil olayotgan kasbda yetuk mutaxassis bo‘lish va yurtiga sidqidildan xizmat qilish.

Hoziroq ariza qoldirish