Abdiyeva Gulistat Niyozmurod Qizi

Abdiyeva Gulistat Niyozmurod Qizi
Abdiyeva Gulistat Niyozmurod Qizi
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Abdiyeva Gulistat Niyozmurod qizi 11.01.2009-yilda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Qamashi qishlog‘ida yashaydi. Qarshi davlat universitetida filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida tahsil oladi.

U maktab davridan avval repetitorlik kurslariga qatnashgan, keyinchalik bo‘sh vaqtlarida teatr to‘garagida ishtirok etgan. «Turon» teatr truppasi tanlovida qatnashib, yuqori o‘rinlarga erishgan va hozirda universitet teatr guruhining a’zosi sifatida ham qatnashmoqda. U «Qaqnus» teatr studiyasi a’zosi. «Turon» teatr truppasi ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan. Shuningdek, «Zakovat» intellektual shousida yuqori o‘rinni egallagan hamda «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovida qatnashgan.

Gulistatga ota-onasi va ustozlarining dalda berishi turtki bo‘lgan. U o‘zini ijtimoiy faol deb hisoblaydi. O‘tkir Hoshimov uning sevimli yozuvchisi bo‘lib, yozuvchining asarlarini o‘qib ilhomlanadi. Bo‘sh vaqtlarida voleybol bilan shug‘ullanadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mehnatkashlik, intiluvchanlik va mas’uliyatli bo‘lish muhim. U boshqalar undan qiziquvchanlik, motivatsiya va faollikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Kelajakda Navoiyshunoslik sohasida yetakchi bo‘lishni, filologiya fanlari nomzodi va professor bo‘lishni maqsad qilgan. U maqsadiga erishish uchun yo‘lidagi har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tadi.

“O‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring.”

Hoziroq ariza qoldirish