Ensiklopediya1 daqiqa

Abduhamitova Sabrina

Tarjima nazariyasi talabasi · 1-bosqich talabasi · CEFR B2 sohibasi · Kitobxon

Abduhamitova Sabrina Quvondiqovna 01.05.2008-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Tayloq tumanida yashaydi. U 44-maktabda o‘rta ta’lim olgan hamda hozirda SamDCHTIda 1-bosqich talabasi sifatida tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini 2025-yildan boshlagan.

Sabrina ingliz tilidan B2 darajadagi CEFR sertifikatiga, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. U maqola tezisi yozishga qiziqadi, bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. Uning hayotiy shiori: “Men iz qoldirish uchun keldim, iz ortidan yurish uchun emas.”

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. U boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga, xatolaridan xulosa chiqarishga va atrofidagi insonlarni o‘z maqsadlari sari ilhomlantirishga intiladi. U boshqalar undan o‘z ustida ishlab, maqsadi yo‘lida hech qachon to‘xtamaslikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Kelajakda u o‘z yo‘nalishi bo‘yicha professor bo‘lishni maqsad qilgan.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Abduhamitova Sabrina Quvondiqovna

Tarjima nazariyasi talabasi · 1-bosqich talabasi · CEFR B2 sohibasi · Kitobxon

Hoziroq ariza qoldirish