Abdukodirov Doston Rustamovich
Abduqodirov Doston Rustamovich 25.08.2005-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakultetining 3-kurs talabasi bo‘lib, yuridik sohada tahsil olmoqda. Uning qiziqishi yoshligidan boshlangan, 2024-yilda oliy ta’lim o‘quv yurtiga qabul qilingan.
Doston taekvondo bo‘yicha sport ustaligiga nomzod va qora belbog‘ sohibidir. U aralash jang san’atlari bo‘yicha bir nechta musobaqalar sovrindori hisoblanadi. Universitetning faol talabalaridan biri sifatida futbol bo‘yicha Yuridik fakulteti jamoasi bilan universitetda faxrli 2-o‘rinni egallagan. Teatr san’ati yo‘nalishida SamDU jamoasi tarkibida qatnashib, Samarqand universitetlari orasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. U o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Soliyev domla tomonidan pul hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
Uning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan shaxslar ko‘p bo‘lib, ulardan anchagina tajriba va saboqlar olgan. Doston o‘z ustida ishlashni, yiqilganda qayta turib, yanada kuchliroq bo‘lib qayta olishni muhim deb biladi. Uning hayotiy shiori va prinsiplari tartib-intizom, rostgo‘ylik hamda insoniylikdir. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi, ma’naviy, madaniy va aqliy salohiyatini kuchaytirish ustida ishlaydi.
Uning fikricha, lider barchani birday eshita va tushuna olishi, har qanday sinov hamda qiyinchiliklarni o‘z zimmasiga olib, jamoani oldinga yetaklashi lozim. Kelajakda o‘z sohasining yetuk kadri bo‘lish, vatani, xalqi va oilasiga sadoqatli farzand bo‘lish hamda O‘zbekiston Respublikasini har jabhada eng buyuk davlatlar sirasiga qo‘shishga hissa qo‘shishni orzu qiladi. U har bir joyda tartib va tozalikni talab qiladi hamda bunga o‘zi ham qat’iy amal qiladi.
"Sen harakat qilmasang, orzularing sen uchun harakat qilmaydi."
