Ensiklopediya1 daqiqa

Abdullayeva Manzura Otabek Qizi

Filologiya talabasi · Ingliz tili yo‘nalishi · CEFR B2 sohibasi · Kitobxon · Til o‘rganuvchi

Abdullayeva Manzura Otabek qizi 2008-yil 20-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashaydi.

U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. Maktabning 8-sinfiga kelib ingliz tili kurslariga qatnasha boshlagan. CEFR bo‘yicha B2, ona tili fanidan Milliy sertifikatning B darajasi hamda tarix fanidan C+ darajasini qo‘lga kiritgan.

Manzura “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida maktab jamoasi bilan faxrli 2-o‘rinni egallagan va 75 million yutib olgan.

Uning hayotiy prinsipi — hech qachon harakatdan to‘xtamaslik va onasini rozi qilish. Bo‘sh vaqtida yangi tillarni o‘rganadi hamda badiiy adabiyotlar o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — boshqalarning fikrini tinglash va uni inobatga olishdir.

Kelajakda u o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lishni, pedagogika fanlari bo‘yicha dissertatsiya yoqlashni hamda onasini haj safariga olib borishni maqsad qilgan. U odamlar undan boshqalarga qanday munosabatda bo‘lishni va yomon gapirganlarga hech narsa demasdan Allohga kifoya qilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Abdullayeva Manzura Otabek Qizi

Filologiya talabasi · Ingliz tili yo‘nalishi · CEFR B2 sohibasi · Kitobxon · Til o‘rganuvchi

Hoziroq ariza qoldirish