Ensiklopediya1 daqiqa
Abdulloyeva Goʻzal Amirulla qizi
Fundamental tibbiyot talabasi · 2-kurs talabasi · Taslim boʻlmaslik tarafdori · Boʻlajak soha yetakchisi
Abdulloyeva Goʻzal Amirulla qizi 12.06.2007-yilda Buxoro viloyati, Romitan tumani, Hofizrabot MFYda tugʻilgan. U hozirda Buxoro viloyati, Romitan tumanida yashaydi.
U 23-IDUMni tamomlagan. 2025-yilda oʻqishga kirib, hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Fundamental tibbiyot yoʻnalishi 2-kursida tahsil olmoqda.
Goʻzal maktabda oʻqigan vaqtlarida tanlovlar va sertifikatlarga ega boʻlgan. Uning hayotiga ota-onasi hamda buvisi taʼsir qilgan. U buvisini davolash maqsadida tibbiyot yoʻnalishini tanlagan.
Uning hayotiy shiori: “Hali hammasi yaxshi boʻladi, deb davom etish kerak — faqat olgʻa.” Boʻsh vaqtlarida rasm chizishni yoqtiradi, biroq boʻsh vaqtlari deyarli boʻlmaydi. Uning fikricha, lider boʻlish uchun eng muhim fazilat — taslim boʻlmaslik.
Kelajakda u oʻz sohasida yetakchi boʻlishni, shuningdek, boshqa yoʻnalishda ham oʻqishni xohlaydi. U boshqalar undan oʻzi biladigan narsalarni har qanday sohada oʻrganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Xarakteri ogʻirroq ekanini, shu sababli har kim ham u bilan muloqot qila olmasligini bildiradi.
“Har bir inson o‘ziga ishonsa, katta maqsadlariga albatta erisha oladi.
Qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan, har kuni yangi bilim olishga intilish kerak.
Taslim boʻlma, intilishdan toʻxtama!”
Muallif
Abdulloyeva Goʻzal Amirulla qizi
Fundamental tibbiyot talabasi · 2-kurs talabasi · Taslim boʻlmaslik tarafdori · Boʻlajak soha yetakchisi
