Abdumajidova Gulhayo Joʻrabek qizi
Abdumajidova Gulhayo Joʻrabek qizi 01.03.2008-yilda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tugʻilgan. U hozirda Samarqand viloyati Nurobod tumani Jarquduq MFYda yashaydi.
U Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 2 yillik taʼlimida tahsil olgan. Hozirda Toshkent Gumanitar fanlar universitetida oʻqiydi hamda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 26-DMTTda musiqa rahbari bo‘lib ishlaydi. Faoliyatini hali koʻp boʻlmagan vaqt avval boshlagan bo‘lsa-da, ishi oʻziga juda yoqadi.
U yosh sportchilar orasidan diplom va sertifikatlarga ega. Boʻsh vaqtida kitob oʻqish va dars tayyorlash bilan shugʻullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun zukko bo‘lish hamda oʻz vazifalarini oʻz vaqtida bajarish muhim.
Gulhayo kelajakda yoshlar bilan ishlash va oʻz maqsadlari yoʻlida ishlashni rejalashtiradi. Uning fikricha, boshqalar undan yoshlar bilan ishlashni oʻrganishlari mumkin. U 18 yoshida ham oʻqiydi, ham ishlaydi. Uning sohasi bolajonlar bilan ishlash bo‘lib, u bu sohani eng qiyin soha deb hisoblaydi. Bolajonlarning hayotga qadam bosishi va ongini rivojlantirish ularning zimmasidadir.
«Oʻzbekiston yoshlariniki, birlashaylik. Maqsadni katta qilib, yoshlar bilan ishlaylik.»
