Abdumajidova O'g'iloy Alisherovna
Abdumajidova O‘g‘iloy Alisherovna 2008-yil 7-may kuni Uchko‘prikda tug‘ilgan. U Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Katta Kengashi qishlog‘ida yashaydi.
U Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik universitetining 1-kurs talabasi ekanini bildirgan. U maxsus pedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishida tahsil oladi. Shuningdek, A darajali sertifikatga ega ekanini qayd etgan.
O‘g‘iloy 4-sinfdan 9-sinfgacha skripka va xoreografiya bilan shug‘ullangan. U ko‘plab konsertlarda qatnashgan hamda mashhur insonlar bilan bir sahnada ijro qilgan. U 8-sinfdan hikoya yozishni boshlagan, 11-sinfdan esa maqola yozishni onlayn o‘rgangan. Bo‘sh vaqtida kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi va maqolalar yozadi. U vampirlar haqida ko‘plab hikoyalar yozgan hamda ulardan iqtiboslarni hech kimga ko‘rsatmagan.
U ona tili va adabiyoti fanidan A darajali, biologiya fanidan C darajali sertifikatga ega. Shuningdek, 20 BMSM diplomi hamda Qizlar akademiyasidan surdotarjimonlik sertifikatini olgan.
Uning universitetdagi ustozi Isadullayeva Iqboloy — falsafa fanlari doktori. O‘g‘iloy mazkur ustoziga havas qiladi va o‘zini uning shogirdi deb biladi. Uning hayotiy prinsipi: “Kichik qadamlar ham katta natijalarga olib boradi.” U inson o‘z maqsadi sari ishonch, mehnat va sabr bilan harakat qilsa, albatta natijaga erishadi, deb hisoblaydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatibgina qolmay, o‘z qarorlari va jamoasi uchun ham javob bera olishi kerak. O‘g‘iloy boshqalar undan intizomni, mas’uliyatni va har qanday vaziyatda o‘z ustida ishlashni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. U boshlagan ishini oxiriga yetkazishga hamda qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari harakat qilishga intiladi.
Kelajakda u fanlar doktori va professor bo‘lishni, Fransiyaga borishni, Saida Mirziyoyeva bilan uchrashishni hamda Prezident stipendiyasiga da’vogarlik qilishni rejalashtiradi.
“O‘zingizga ishoning, xatolardan qo‘rqmang va maqsadingiz sari har kuni kichik bo‘lsa ham bir qadam tashlang. Bugungi kuningiz — ertangi natijangiz.”
