Abdumalikova Umidaxon Tursunboy qizi
Abdumalikova Umidaxon Tursunboy qizi 2004-yil 27-iyulda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashaydi. Mutaxassisligi — matematika o‘qituvchisi. U Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ADU akademik litseyida hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetida tahsil olgan. Bu yil o‘qishni tamomlab, ishga kirgan. U 17-DIUMda matematika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi.
U universitetda 2025-yilda “Yil talabasi” bo‘lgan hamda matematika fanidan milliy sertifikatga ega. Umidaxonning hayotida buvisining o‘rni katta: u buvisini o‘qituvchisi va yo‘lboshchisi deb biladi. Buvisi uni yoshligidan matematikadan tayyorlagan va ushbu sohaga kirishida katta hissa qo‘shgan.
U Muhammad Yusufning she’rlarini muntazam o‘qib turadi va uni Andijonlik shoir bo‘lgani uchun qadrlaydi. Hayotiy prinsiplari shukr qilish, harakatdan to‘xtamaslik, yaqinlari ishonchini oqlash va ularning faxriga sazovor bo‘lishdan iborat. Bo‘sh vaqtida mutolaa qiladi, arab tilini o‘rganadi hamda shopping qilishni yoqtiradi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun xushmuomalalik, teran fikrlilik va insonlarni ergashtira olish muhim. U boshqalarga xushmuomalalikni, kirishuvchanlikni, insonlarga dalda bera olishni va, eng asosiysi, matematikani o‘rgata oladi. Kelajakda o‘z o‘quv markazini ochish, mashina olish va karyera qilishni rejalashtiradi.
Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: “Hayotda chalg‘itadigan narsalar juda ko‘p! Shuning uchun oldin oldingizga aniq maqsad qo‘yib, faqat va faqat unga e’tibor qarating, chunki har narsaga e’tibor qarataman deb, hech nimaga erisholmasligingiz mumkin.”
