Abdurahmonova Adolat
Abdurahmonova Adolat O‘tkir qizi 2007-yil 20-yanvarda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashaydi. Samarqand davlat universitetining Yuridik fakultetida tahsil oladi. Faoliyatini 2025-yil 3-sentabrda boshlagan. U CEFR B2 darajasi sohibasi.
Adolat bo‘sh vaqtida voleybol o‘ynaydi va til o‘rganadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — mas’uliyat va harakat. Kelajakda yurist bo‘lishni maqsad qilgan. U boshqalarga til o‘rganishni o‘rgata oladi, deb hisoblaydi.
Uning hayotiy prinsipi: “Xarakteringdagi qat’iyat — eng katta kuching, qobiliyating esa seni uzoqqa olib boradi. O‘zingga ishonsang, sen hali o‘zing kutmagan darajalarga chiqasan.”
Yoshlar uchun maslahati: “O‘zingiz istagan orzu-niyatlaringizga yetish uchun hech qachon harakatdan to‘xtamang.”
