Abdurakhmanov Rauf Vakhidovich Абдурахманов Рауф Вахидович
Abdurakhmanov Rauf Vakhidovich 2006/15/03 sanada Samarqand shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U TIFT universitetining 4-kurs talabasi bo‘lib, IT sohasida gumanitar va raqamli texnologiyalar hamda kiberxavfsizlik yo‘nalishida tahsil oladi. Shuningdek, ENAISdagi AI-Safety kursi tinglovchisi, BOCA va CVA treninglari fasilitatori, birinchi tibbiy yordam hamda favqulodda vaziyatlarga javob qaytarish bo‘yicha trenerdir.
Uning faoliyat yo‘li Samarqand shahrida volontyorlikdan boshlangan. U O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati volontyori bo‘lgan, turli aksiyalar va tadbirlarda qatnashgan. Ustozlari Mamaraximov Adxam Erkinovich va Zafarjon Raxmanov ko‘magida tajriba orttirib, yoshlar va volontyorlar harakati direktori lavozimigacha yetgan. U 2023-yilda Toshkentga ko‘chib o‘tgan va 2023-yildan yoshlar harakatini rasman olib borgan. UNDP, IFRC, ICRC va UNICEF loyihalari bilan ishlagan, Turkic Red Network tadbirida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan.
U Samarqand shahridagi 8-IDUMni tamomlagan hamda Samarqand shahridagi Chet tillar universiteti huzuridagi Akademik litseyda tahsil olgan. Maktabni yuqori o‘zlashtirish hamda maktab va maktabdan tashqari faoliyatdagi muvaffaqiyatlari uchun oltin medal bilan bitirgan. Shuningdek, 8-IDUMdan 11 yillik ta’lim uchun qizil attestat olgan.
Rauf Lobachevskiy universiteti olimpiadasi finalchisi. U ENAISdan AI-Security sertifikati, birinchi tibbiy yordam bo‘yicha instruktor sertifikati, KFU bilan hamkorlikdagi «Yozgi universitet» dasturi finalchisi sertifikati, UNECEning Long Range Transboundary Air Pollution konvensiyasi doirasida havoning ifloslanishi ta’sirini monitoring qilish bo‘yicha sertifikat, NASA Space APPS sertifikati, UN Volunteers Volunteer Induction sertifikati, IFRCning CBDRN tayyorgarligi hamda BOCA fasilitatorlarini tayyorlash bo‘yicha (ToF) sertifikatlari va Red Crescent Society First Aid Training sertifikatiga ega. U sport va o‘quvdan tashqari faoliyat bo‘yicha ham ko‘plab sertifikatlarga ega.
U BMT bilan hamkorlikda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati volontyorlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirgan, gumanitar ishlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 80 nafar volontyor-mutaxassisni tayyorlagan. Shuningdek, aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatish loyihalarida, O‘zbekiston Respublikasi FVV bilan tabiiy ofatlarga tayyorgarlik bo‘yicha loyihalarda assistentlik qilgan.
Bo‘sh vaqtida yangi tillarni, xususan, ispan tilini o‘rganadi, talabalar klubini rivojlantiradi hamda sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llaydi. Gitara chalish, musiqa tinglash, Instagram uchun videolar suratga olish va Reels videolarini tahrirlash uning qiziqishlari sirasiga kiradi. U uchun oila a’zolarining umidi va ishonchi katta motivatsiya manbai hisoblanadi. U hayotda taslim bo‘lmaslik va har qanday sharoitda oldinga intilishni muhim deb biladi.
