Abdurashitova Sarvinoz
Abdurashitova Sarvinoz Latifjon qizi 2008-yil 2-sentyabrda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashaydi. U Samarqand davlat universitetining muhandislik fizikasi yo‘nalishi 1-kurs talabasi bo‘lib, mazkur yo‘nalishda tahsil oladi.
Sarvinoz faoliyatini 2026-yil 7-sentyabrda boshlagan. U fizika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan sertifikatlarga ega. Maktab davrida ham tanlovlarda faol bo‘lgan va shahodatnomasini oliy baholar bilan yakunlagan.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish bilan shug‘ullanadi. Uning hayotiy shiori: “O‘zingga ishonsang, imkonsiz degan narsa yo‘q.” Sarvinozning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘z kuchiga ishonish, imkonsiz degan tushunchani unutib, qat’iyat bilan harakat qilish muhim. U boshqalar undan ham o‘z kuchiga ishonish, faqat oldinga intilish va qat’iyatli bo‘lishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
U oliy ta’limni a’lo baholarga bitirib, magistraturaga grant yutishni rejalashtiradi. Shuningdek, turli tanlovlarda qatnashib, o‘zini tubdan o‘zgartirish va o‘z nomi bilan maqola chiqarishni maqsad qilgan.
“Bugun qilgan har bir qadaming — ertangi buyuk natijangning boshlanishi.”
