Abduraximova Mukaddasxon Zamonaliyevna
Abduraximova Mukaddasxon Zamonaliyevna 30.10.2008-yilda Rossiyaning Samara shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Bektemir tumani, Avtogulzor ko‘chasi, 243-uyda yashaydi.
U Andijon davlat pedagogika instituti akademik litseyini bitirgan. Oliy darajali shahodatnoma va 4 fandan sertifikatga ega. U imtixonsiz Uzjoku talabasi bo‘lgan hamda hozirda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil oladi.
Mukaddasxon ingliz va nemis tillarini biladi, matematika fanidan 2 yil tayyorgarlik ko‘rgan. U ingliz tili bo‘yicha B2 darajaga ega. Shuningdek, ona tili, matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikatlar hamda dasturlash sohalarida bir qancha onlayn sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
Ota-onasi chet elda bo‘lgani sababli u asosan mustaqil bo‘lishni o‘rgangan va doimo o‘zi yechim topishga harakat qilgan. Imtixonsiz talaba bo‘lgani va hammasini uddalagani uning hayotiga ta’sir qilgan voqea bo‘lgan. Uning hayotiy prinsipi: «U kechagi o‘zi bilan raqobat qiladi, boshqalar bilan emas».
Bo‘sh vaqti deyarli yo‘q bo‘lsa-da, u matematika bilan shug‘ullanadi va yangi tillarni o‘rganadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U boshqalarga sabr-toqatni o‘rgatishi mumkin deb hisoblaydi.
Mukaddasxon kelajakda ko‘plab tillarni bilib, o‘zbek tili so‘zlashuvchilarini milliardlarga yetkazish va O‘zbekistonni dunyoga tanitishni maqsad qilgan. U shaxsiy qadriyatlarga ega, intiluvchan hamda kelajakda grantlar sohibasi bo‘lishni maqsad qilgan.
«O‘zingga ishon, harakat qil, taslim bo‘lma.»
