Abduxalilov Sardor Abdullo O'g'li
Abduxalilov Sardor Abdullo o‘g‘li 2007-yil 14-yanvarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetining Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
Sardor fakultet miqyosidagi voleybol musobaqasida birinchi o‘rin sohibi. U Hindiston universitetlarida ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega hamda bir qator ilmiy maqolalar muallifi.
Bo‘sh vaqtida maqola yozadi, kitob o‘qiydi va turli startap loyihalar ustida ishlaydi. Uning hayotiy prinsipi — intizom.
