Abduxalilova Sabrina Zafarovna

Abduxalilova Sabrina Zafarovna
Abduxalilova Sabrina Zafarovna
16 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Abduxalilova Sabrina Zafarovna 2008-yil 22-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyatida yashaydi. Sabrina 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirgan va ayni paytda Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida 1-kurs talabasi.

U 7-sinfdan beri turli maktab tadbirlarida faol qatnashib keladi. Ingliz tili va ona tili fanlari bo‘yicha olimpiadalarning tuman bosqichigacha yetib borgan. Sabrina ingliz tilidan 2 ta B2 hamda B1 sertifikatlarini, ona tili fanidan B+ (99,86) va tarix fanidan C natijalarini qayd etgan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Uning hayotiga ingliz tili o‘qituvchisi katta ta’sir ko‘rsatgan. Sabrina o‘qituvchisiga havas qilib, shu yutuqlarga erishganini aytadi. Uning hayotiy prinsipi: «Hayotda aslo hech kimga suyanib qolmang, zero hech kim abadiy emas».

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va pishirish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun jamoani boshqara olish qobiliyati va tajriba muhim. Sabrina bakalavr bosqichini bitirguniga qadar xalqaro sertifikat olishni hamda magistratura orqali faoliyatini davom ettirishni rejalashtirgan. U boshqalarga ko‘proq harakat qilish va faol bo‘lishni o‘rnak sifatida ko‘rsatadi.

Ismi Sabrina bo‘lsa-da, u biroz sabrsizligini aytadi. U o‘qishi davomida sabrsizligi sabab ko‘p pand yeganini, biroq buni ko‘pchilik sezmasligini ta’kidlaydi.

Hoziroq ariza qoldirish