Abubakirova Biybisara Jalalatdin Qizi
Abubakirova Biybisara Jalalatdin qizi 2004-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashaydi.
Biybisara O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetining Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishi magistraturasida tahsil olmoqda. U O‘zbekiston Milliy universitetining Ekonometrika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. 2022-yilda universitetga kirib, tahsil olish bilan birga o‘z rivojlanishi uchun marketing va HR sohalarida amaliyot o‘tagan, keyinchalik esa ishlagan.
U til sertifikatlariga ega. Kitob o‘qish uning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, u bo‘sh vaqtida ham, ishda ham, o‘qishda ham kitob o‘qishni qoldirmaydi. Shuningdek, yangi tillarni o‘rganish, iqtisodiy mavzulardagi yangiliklarni kuzatish, raqamlar va ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish hamda o‘z ustida ishlashga intiladi.
Uning hayotiga bilim sari intilish va o‘z ustida tinimsiz ishlash jarayoni katta ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiyot va ekonometrikani o‘rganish unga raqamlar ortidagi imkoniyatlarni ko‘rish, tahlil qilish va har bir qarorga mas’uliyat bilan yondashishni o‘rgatgan. Biybisara kelajakda iqtisodiyot va ekonometrika sohasida chuqur bilimga ega, zamonaviy texnologiyalar va ma’lumotlar tahlilini puxta biladigan yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan. U xorijiy tillarni mukammallashtirish, xalqaro tajriba orttirish, ilmiy izlanishlar olib borish, iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish hamda yoshlarni ilm va izlanishga ruhlantirishni istaydi.
Uning hayotiy shiori: “Izlanishdan to‘xtamang, bilimni qurol, tafakkurni kuch, tahlilni yo‘l va jasoratni qanot qiling. Kelajakni kutmang — uni yaratadigan lider bo‘ling.”
