Abulqosimova Sitora Firdavsovna
Abulqosimova Sitora Firdavsovna 2008-yil 20-iyunda Samarqand shahrida tug‘ilgan va Samarqand shahrida yashaydi. U 51-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
Sitora IELTS’dan 6.5 ball olgan, ona tili, tarix va matematika fanlaridan milliy sertifikatlarga ega hamda nemis tilidan B1 darajasiga ega. U o‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarida juda ravon gaplasha oladi, koreys va arab tillarida yetarlicha bilimga ega. Hozirda xitoy, ispan va fransuz tillarini o‘rganishga ishtiyoqi juda baland.
Uning hayot yo‘lida ota-onasi yordam berib kelgan. Bo‘sh vaqtida o‘zi uchun foydali bo‘lgan kitoblarni o‘qiydi, bilimini kuchaytirishga harakat qiladi va turli yangi hobbilarga qiziqadi. Uning fikricha, lider bilim bilan ustunlik qilishi, barchani bir xil e’zozlashi va hurmat qilishi kerak.
Kelajakda Sitora o‘zi xohlagan kasbda bilimi va mehnatsevarligi bilan 1-o‘rinda bo‘lishni hamda dunyoning eng go‘zal shaharlarini ko‘rishni orzu qiladi. U boshqalar undan sabrlilik, mehnatsevarlik va intiluvchanlikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
“Ko‘proq til o‘rganish hech qachon zarar qilmas.”
