Akabayeva Charos G'ulomjon Qizi

Akabayeva Charos G'ulomjon Qizi
Akabayeva Charos G'ulomjon Qizi
17 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Akabayeva Charos G‘ulomjon qizi 08.05.2010 kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Gagarin shahrida tug‘ilgan va hozirda shu shaharda yashaydi. U 2017-yildan beri maktabda tahsil oladi. Charos logistika va SMMni onlayn tarzda o‘rganib kelmoqda, shuningdek, chet tillarini o‘rganmoqda. U sertifikatlarga ega, bo‘sh vaqtida esa chet tillari, logistika va SMMni o‘rganib, kitoblar hamda qiziqarli hikoyalar o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Charos juda ko‘p davlatlarga sayohat qilishni va Amerikada o‘qishni orzu qiladi. U avvalo o‘zi ko‘proq o‘rganishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning hayotiy prinsipi: “Katta maqsadlar baland ovoz bilan emas, har kuni qilinadigan kichik harakatlar bilan amalga oshadi”.

Hoziroq ariza qoldirish