Aliaxmatova Sarvinoz Shuxratjon qizi

Aliaxmatova Sarvinoz Shuxratjon qizi
Aliaxmatova Sarvinoz Shuxratjon qizi
10 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Aliaxmatova Sarvinoz Shuxratjon qizi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasida yashaydi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr bosqichi 3-bosqich talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) yo‘nalishida tahsil oladi.

Sarvinoz ingliz tilidan B2 darajasiga ega. U koreys tili bo‘yicha KOICA tashkiloti loyihasining faol ishtirokchisi hamda SMM kursi bitiruvchisidir. Bo‘sh vaqtida ingliz tilidan dars beradi, shuningdek, koreys tili madaniyatini chuqurroq o‘rganmoqda. U voleybol musobaqasi, insho yozish bo‘yicha va huquq kabi tanlovlarda ishtirok etib, oliy o‘rinlarga ham ega bo‘lgan.

Uning ingliz tili ustozi Sarvinoz uchun motivator hisoblanadi. U ustozining yutuqlarini ko‘rib, o‘zi ham shunday marralarga erisha olishini anglagan. Uning hayotiy prinsipi: «Ba’zi eshiklarning yopilishi — yo‘l tugagani emas, boshqa eshik uchun burilishdir». Sarvinozning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish.

U Koreya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va madaniyatlarni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishni, o‘z koreys tili o‘quv markazini ochishni hamda Koreyada magistratura va doktoranturani tugatishni rejalashtiradi. U boshqalarga harakat qilishdan va yangiliklarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaslikni, qiyinchiliklar sabab to‘xtab qolmaslikni hamda o‘z orzulariga jiddiy qarashni o‘rnak sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, katta maqsadlar bir kunda amalga oshmaydi, shu sababli har kuni oz bo‘lsa ham maqsad sari qadam tashlash muhimdir.

«Orzu qilishning o‘zi yetarli emas. Orzuni maqsadga, maqsadni esa harakatga aylantiring.»

Hoziroq ariza qoldirish