Aliboyev Maftuna Qahramon Qizi
Aliboyeva Maftuna Qahramon qizi 2002-yil 8-iyunda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan va ayni paytda shu tumanda yashaydi. U magistr darajasida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi institutida tahsil oladi.
Maftuna Aliboyeva Bulung‘ur tumani 2-son texnikumida pedagog bo‘lib faoliyat yuritadi. U ish faoliyatini 2022-yilda o‘quvchilarga fizika fanidan dars berishdan boshlagan. U fizikani o‘rgatadigan, ilmiy rivojlanishni istaydigan va o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qiladigan yosh pedagogdir.
U fizika fanidan Milliy sertifikat, xalqaro GRE sertifikati va ingliz tilidan B1 milliy sertifikat sohibasi. Shuningdek, u «yosh tadqiqotchi» ilmiy unvoniga ega.
Uning hayotiy shiori — «Ilm insonni ulug‘laydi». U ilmni sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarda yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat hamda dushmanlarga qarshi kurashda qurol deb biladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun ishonch va ulkan maqsadlar sari dadil qadam tashlash muhim.
U bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qiydi. Maftuna Aliboyeva izlanish va intilish yo‘lida hech qachon to‘xtamaslik hamda kasbni sevishni muhim deb hisoblaydi. U o‘z kasbi va sohasini sevgan pedagog ilm toliblariga o‘sha fanni sevdira oladi, deb biladi. Uning kelajakdagi maqsadi jamiyat uchun yetuk kadr bo‘lib yetishishdir.
«Sizning bugungi mehnatingiz — ertangi muvaffaqiyatingizning poydevoridir. Kelajagingizni hech kim siz uchun qurib bermaydi. Uni o‘z qo‘lingiz bilan yarating!»
