Alijonova Robiya Haliljonovna
Alijonova Robiyaxon Haliljonovna Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashaydi. U 2009-yil 30-aprelda tug‘ilgan va hozirda O‘zbekiston Milliy universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi.
U fakultet munozara klubi koordinatori. Koordinatorlik faoliyatini sentyabr oyidan boshlagan; bu faoliyatga suhbatda o‘z qobiliyati va rejalarini ishonch bilan izohlab, isbotlash orqali kirib kelgan.
Robiyaxon «Yosh kitobxon» tanlovida maktab jamoasi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Uning hayotida ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Latipova Dilbarxon muhim o‘rin tutadi. Ustoz unga ham ustoz, ham do‘st bo‘lib kelgan hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchi pasaygan paytlarda doimo qo‘llab-quvvatlagan.
Uni ilhomlantiradigan shior — «Hech qachon harakatdan to‘xtama». U natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, harakatdan to‘xtamaslik kerak, deb hisoblaydi, chunki harakat bor ekan, albatta, kutilgan natijaga erishiladi.
Bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar o‘qiydi, amalga oshirishi kerak va amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalar ustida ishlaydi hamda rejalar tuzadi. Raqsga tushishga qiziqadi, bu yo‘nalishda o‘zini rivojlantirib, tadbirlarda faol bo‘lishga harakat qiladi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — kreativlik. Shuningdek, jamoasini eshita olish va hurmat bilan muomala qilish ham muhim. U boshqalar undan mas’uliyatni, vijdonlilikni, jamoasi uchun jon kuydirishni va harakatchanlikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda fakultetidagi munozara klubini yanada rivojlantirishni, bilimli va tajribali ustoz bo‘lib yoshlarga o‘qishga kirishida hamda maqsadlariga yetishishida yordam berishni, ularga ta’lim berishni istaydi. Shuningdek, o‘quv markaz ochib, uni butun yurt bo‘ylab yoyish va rivojlantirishni rejalashtirgan.
