ALIMARDONOV MARDONBEK AKMAL O'G'LI
Almardonov Mardonbek Akmal o‘g‘li 2008-yil 20-iyulda Surxandaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashaydi hamda Samarqand davlat universitetida Bank ishi yo‘nalishining 1-kursida tahsil oladi. U o‘qish va startap yo‘nalishidagi izlanishlarini o‘quv yili boshida boshlagan. Matematikadan A darajaga va IELTS sertifikatiga ega, shuningdek, olimpiadalarda bir necha marta faxrli o‘rinlarni egallagan. Yosh startaperlardan ilhomlangan Mardonbekning hayotiy prinsipi: «O‘rganish, yaratish va har kuni kechagidan kuchliroq bo‘lish». Bo‘sh vaqtida u o‘z sohasiga oid jahon ma’lumotlari asosida yangi loyihalarni o‘rganadi. U ilmiy qiziquvchanligi tufayli turli sohalarda ko‘nikmalar va yangi bilimlarni egallagan. Kelajakda o‘z sohasida jahondagi va yangi tizimlarni yaratish hamda qo‘shishni rejalashtiradi. Uning fikricha, ko‘plab muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, qayta harakat qilib marraga yetish mumkin.
