Alimatov Mirzamurod Bahrom O'g'li
Alimatov Mirzamurod Bahrom o‘g‘li 29.01.2008-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashaydi. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.
U 2025-yildan beri “Result School”da Academic Support yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Mirzamurod IELTS imtihonidan 7.5 ball, SAT imtihonidan 1520 ball olgan. Shuningdek, u SEAMO xalqaro matematika olimpiadasining kumush medal sohibi.
Uning hayotiy shiori: “Katta natijalar katta fikrlashdan boshlanadi”. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat boshqalarni eshita olish deb hisoblaydi. Kelajakda ta’limini davom ettirish, yangi loyihalarda ishtirok etish hamda yoshlar rivojiga foydali tashabbuslarni amalga oshirishni istaydi. Uning fikricha, boshqalar undan qanday qilib intizomli bo‘lishni o‘rganishlari mumkin.
