Alimov Dilshod Akrom O'g'li
Alimov Dilshod Akrom o‘g‘li 2007-yil 19-iyunda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Hozirda vaqtincha Toshkent viloyati Zangiota tumani Bog‘zor MFYda yashaydi. U Shahrisabz Temurbeklar maktabini tamomlagan hamda Toshkent davlat yuridik universitetida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 2026-yil sentabrdan o‘qishga kirish jarayonida boshlagan.
U «Umid niholi» va «Yosh tadqiqotchi» ko‘krak nishonlari sohibidir. Onasini yo‘qotgani uning hayotga qarashini tubdan o‘zgartirgan. Uning hayotiy prinsipi: «Tanlagan yo‘lingga ishonsang, bosayotgan qadamingdan qo‘rqma».
Bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qiydi va rus tili bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun kamgaplik va kattalarni ko‘proq tinglash muhim. Kelajakda prokuratura sohasida ishlashni rejalashtiradi. Boshqalar undan og‘irbosiqlikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Shuningdek, futbolni professional darajada o‘ynay oladi.
