Alimova Umeda Yodgorovna
Alimova Umeda Yodgorovna 2006-yil 8-mart kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan va hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U oliy ta’limning 3-kursida, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda.
U faoliyatini 3 yil oldin boshlagan. U maktabda «Yetakchi yoshlar» medalini olgan, olimpiadalarda 1-o‘rinlarni egallagan hamda rus tili bo‘yicha institutdagi musobaqada 2-o‘rinni olgan.
Uning hayotida onasi muhim ta’sir ko‘rsatgan. Uni Anjelina Joli va uning hayotiy prinsipi ilhomlantiradi. U bo‘sh vaqtida rasm chizadi va kitob o‘qiydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘z fikrini ayta olish, yoshlar orasida o‘zini ko‘rsata bilish, Vatanga foyda keltirish va halollik bilan ishlash muhimdir. U kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni niyat qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan sabrni va ishlashni o‘rganishlari mumkin. U o‘zini juda kuchli deb hisoblaydi va qancha qiyinchilik bo‘lsa ham, ularni sabr bilan yengadi.
«Hayotda qoldirgan eng go‘zal izingiz — bu qiyinchiliklar qarshisida taslim bo‘lmay, o‘z maqsadingiz sari qo‘yilgan har bir sabrli va halol qadamingizdir.»
