Alimqulova Munisa Abdurayimovna
Alimqulova Munisa Abdurayim qizi 2008-yil 22-iyunda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi. Munisa Jahon Tillari universitetida tugallanmagan bakalavr ta’limini olib, ingliz filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2023-yilda xalqaro jurnallarga maqola yozishdan boshlagan. Kitobxonlik bilan shug‘ullanadigan Munisa shaxmat bo‘yicha hokim kubogi sovrindori, fan olimpiadalari g‘olibi hamda xalqaro tadbirlarda tarjimon sifatida ishtirok etgan.
Marjona Jo‘raqulovaning ilmiy va kasbiy faoliyati unga ilhom bergan. Uning hayotiy shiori: «Og‘riq bo‘lmasa, o‘sish bo‘lmaydi». Munisaning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — birlasha olish. U boshqalarga intizom, davomiylik va liderlik borasida o‘rnak bo‘la oladi.
Uning kelajakdagi maqsadi — Respublika maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bo‘lish.
