Aliqulova Bahora Hamidovna

Aliqulova Bahora Hamidovna
Aliqulova Bahora Hamidovna
14 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Aliqulova Bahora Hamidovna 2008-yil 6-martda Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, Tayloq tumani 1-son texnikumini qizil diplom bilan tamomlagan. Ayni paytda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishida 1-kurs talabasi.

Bahora Aliqulova Xalqaro SAT sertifikatidan 1340 ball, IELTSdan 6.0 ball hamda CEFRdan 61 ball, ya’ni B2 darajasini olgan. Shuningdek, u matematika, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. U MUNlarda, loyihalarda va volontyorlik ishlarida qatnashgan.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir. Ular uni doimo qo‘llab-quvvatlab, yoshligidan ta’lim olishga, yangi narsalarni o‘rganishga va bilimga qiziqishga undashgan. Bahora Aliqulova erishgan yutuqlarida ota-onasining mehnati, ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi katta o‘rin tutishini, hozirgi darajasiga yetishida ularning hissasi beqiyos ekanini ta’kidlaydi.

Uni ilhomlantiradigan hayotiy prinsip: “Harakat qilgan inson albatta natijaga erishadi.” U qiyinchiliklar bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydi va taslim bo‘lmasdan davom etish insonni kuchliroq qilishiga ishonadi. Bu prinsip unga o‘qishida hamda kelajakdagi maqsadlari sari intilishida motivatsiya beradi.

Bahora Aliqulova bo‘sh vaqtida kitob o‘qishni, yangi narsalarni va turli tillarni o‘rganishni, jamoa bilan ishlashni yoqtiradi. U yangi insonlar bilan tanishish, fikr almashish va jamoaviy loyihalarda qatnashishga qiziqadi. Odamlar bilan suhbatlashishdan energiya oladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. U lider qiyinchiliklar yuzaga kelganda mas’uliyatdan qochmasligi, jamoasini qo‘llab-quvvatlashi va muammoning yechimini topishga harakat qilishi kerak deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi maqsadi o‘z sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’limini chuqur o‘rganish, magistratura ta’limini chet elda davom ettirish va o‘z sohasida yurtimizdagi eng yaxshi mutaxassislardan biri bo‘lishdir. U boshqalar undan harakatchanlik, faollik va tashabbuskorlikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish