Aliqulova Sevara Jasur qizi
Aliqulova Sevara Jasur qizi 22.08.2006-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida istiqomat qiladi.
U Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. Ona tili va adabiyot fanidan C+ darajaga ega. U faoliyatini 2025-yilda boshlagan.
Sevara Aliqulova CHDPU Yoshlar akademiyasining faol a’zosi va ona tili fanidan milliy sertifikat sohibasi. U maktab davrida 2 yil davomida “Yoshlar ittifoqi” sardori sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u 15 dan ortiq ilmiy tezis va maqola muallifi bo‘lib, “Pedagogik psixologiya fanining maqsadi” maqolasi Google Scholar, Zenodo, DOI va ResearchBib bazalarida indekslangan.
U TDPU va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Modernizatsiya davrida boshlang‘ich ta’limning rivojlantirish strategiyalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda CHDPUda o‘tkazilgan “Media makonda sun’iy intellekt: Yangi tarix va yangi dunyoqarash” respublika konferensiyasi sertifikatlari sohibasi. Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tayyorlov doirasidagi “Maqola va tezislarni axborot xati asosida tayyorlash” seminari tashakkurnomasi sohibasi.
U 5 muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan “IMKON” intellektual o‘yinining 1-darajali va 3-darajali diplomlari, CHDPU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Kitobxonlik” o‘yinining 1-darajali diplomi sohibasi. 5 muhim tashabbus doirasidagi Kitobxonlik tanlovida “Mutolaa elchisi” maqomi va tashakkurnomaga sazovor bo‘lgan. QVZ — 2025 tanlovining fakultet bosqichida 2-o‘rinni egallagan.
U “Zakovat” intellektual o‘yinining doimiy faol qatnashchisi, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga tayyorgarlik seminar-treningining faol ishtirokchisi. “Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanidan “Minecraft” jamoasi tarkibida ochiq dars tashakkurnomasi, “O‘zbek milliy kiyimlari – xalqning o‘ziga xos madaniyati timsoli” ko‘rik-tanlovi tashakkurnomasi hamda “Yurtim ne’matlari!” ko‘rik-tanlovida “Xushro‘y qizlar” jamoasi tarkibida tashakkurnoma sohibasi. Shuningdek, 15 dan ortiq faxriy yorliq, diplom va sertifikatlar sohibasi.
U bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qiydi, o‘z ustida ishlaydi va kompyuter bilan shug‘ullanadi. Bolalar bilan ishlashni yoqtiradi hamda ukasiga darslarida ko‘maklashadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va boshqalarga ishonch bag‘ishlay olishdir. U haqiqiy lider boshqalarni o‘z ortidan yurishga majburlamasdan, o‘z harakatlari, halolligi va jasorati bilan ularda ergashish xohishini uyg‘otishiga ishonadi. Uning fikricha, haqiqiy lider muvaffaqiyatni jamoaga bo‘shatib beradi, omadsizlikni esa o‘z bo‘yniga oladi.
U tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, yangi tillar va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashni, dunyoqarashini kengaytirishni rejalashtiradi. Shuningdek, hamma havas qiladigan oila barpo etishni, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishni hamda jamiyat va atrofdagilarga foyda keltiradigan loyihalarga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Boshqalar to‘xtagan joydan boshlanadigan oddiy bir qadam, ammo uni faqat tavakkal qilganlar ko‘ra oladi.”
