Ensiklopediya1 daqiqa

Alisherova Sabrina Azamat Qizi

Tibbiyot talabasi · Davolash ishi · Bo‘lajak xirurg · Maqola muallifi · Kitobxon va rassom

Alisherova Sabrina Azamat qizi 11.05.2006-yilda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashaydi. Hozirda Samarqand davlat tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishi 3-kurs talabasi. U 2024-yilda 1-kurs talabasi bo‘lgan.

Sabrina falsafa fanidan 2 ta maqola yozib, sertifikat va diplom bilan taqdirlangan. Uning yutuqlarga erishishida ota-onasi asosiy sababchi hisoblanadi. U kelajakda xirurgiya yo‘nalishida ta’limini magistraturada davom ettirishni hamda shu yo‘nalishda ish faoliyatini olib borishni rejalashtiradi.

Uning hayotiy prinsipi — har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lish, ilm bilan o‘sish va orzulari sari dadil qadam tashlash. Bo‘sh vaqtida mushuklarga g‘amxo‘rlik qiladi, badiiy asarlar o‘qiydi va rasm chizadi. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat, chunki haqiqiy lider nafaqat boshqaradi, balki jamoasiga o‘rnak bo‘lib, boshqalarni ilhomlantira oladi. U ishonch, sabr va duolari bilan bir paytlar orzu qilgan hayotida yashayotganini aytadi. Shukur.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Alisherova Sabrina Azamat Qizi

Tibbiyot talabasi · Davolash ishi · Bo‘lajak xirurg · Maqola muallifi · Kitobxon va rassom

Hoziroq ariza qoldirish