Allaberganova Umida Karimberganovna

Allaberganova Umida Karimberganovna
Allaberganova Umida Karimberganovna
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Allaberganova Umida Karimberganovna 1993-yil 3-sentabrda tug‘ilgan. U Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashaydi. U 2021–2025-o‘quv yillarida Urganch davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil olgan. 2025-yildan Urganch davlat universiteti magistraturasida tahsil olmoqda hamda Bino va inshootlar arxitekturasi yo‘nalishining 2-kurs magistranti hisoblanadi. Faoliyatini 2021-yilda bakalavr yo‘nalishiga kirgandan keyin boshlagan.

U 2022–2023-o‘quv yilida Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi, 2023–2024-o‘quv yilida esa Urdu Rektor stipendiyati sohibasi bo‘lgan. 2022-yilda Urdu saralash bosqichida “Yil talabasi” tanlovining 2-o‘rinini, 2023-yilda Urdu bosqichida “Yil talabasi” tanlovining 1-o‘rinini egallagan. Shuningdek, universitet tanlovlarida ko‘plab 1- va 2-o‘rinlarni egallagan.

U 2025–2026-o‘quv yilida Germaniya–O‘zbekiston qo‘shma loyihasi ishtirokchisi sifatida Xivadagi UNESCO Jahon merosi obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha 2025-yil oktabr oyida o‘tkazilgan xalqaro 6 kunlik seminar-kampusda qatnashgan. Germaniya–O‘zbekiston qo‘shma loyihasi doirasida Buxorodagi UNESCO Jahon merosi obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan 9 kunlik xalqaro seminar-kampusda ham ishtirok etgan.

Unga ustozlarining bilimlari ta’sir qilgan. Bo‘sh vaqtida o‘z shaxsiy biznesini rivojlantiradi. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va boshqalarga o‘z harakati bilan namuna bo‘lish. U boshqalarga mas’uliyat bilan ishlash va vaqtni qadrlash namunasini bera oladi. Kelajakda professor bo‘lishni va shogirdlariga yo‘l ko‘rsatishni maqsad qilgan.

U hech qachon yiqilsa ham to‘xtamaydi, buni o‘ziga saboq va tajriba deb biladi hamda tavakkal qilish kerak, deb hisoblaydi. Uning shiori: «Раз уже начал, то побеждай». 📈

Boshladingizmi — ortga chekinmang, maqsad sari dadil qadam tashlang.

Hoziroq ariza qoldirish