Allayorov Erali
Allayorov Erali Elbek o‘g‘li 24.02.2006-yilda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashaydi. U tugallanmagan oliy ta’limga ega bo‘lib, Shahrisabz davlat pedagogika institutida o‘qituvchilik sohasida tahsil oladi.
U faoliyatini institut Yoshlar ittifoqida olib boradi. U ko‘plab viktorinalarda, Akademik halollik milliy dasturi doirasidagi Yosh islohotchilar harakati tanlovlarida, «Zakovat» intellektual o‘yinlarida va boshqa tadbirlarda qatnashib, yutuqlarga erishgan.
Erali Amir Temur va Islom Karimov hayoti asosida yozilgan asarlarni o‘qib, ularning qiyinchiliklarni yengib o‘tgan yo‘li hamda erishgan yutuqlaridan ta’sirlangan. Bo‘sh vaqtida u ko‘proq badiiy asarlar o‘qiydi. Uning hayotiy shiori: «O‘tmish bizga saboq beradi, ilm yo‘limizni yoritadi, kelajak esa o‘sha saboqlar bilan yoziladigan yangi sahifadir.»
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun doimo olg‘a intilish va boshqaruv hislati muhim, bitta xato sabab ortga qaytish yo‘q. U kelajakda yetuk mutaxassis va o‘z sohasining lideri bo‘lishni maqsad qilgan. Shuningdek, u boshqalar har qanday holatda ham to‘xtab qolmaslikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
U oddiy qishloqda tug‘ilib-o‘sgan. Uning fikricha, har bir inson, avvalo, o‘ziga ishonishi kerak va qiyin davrlardan buyuk insonlar yetishib chiqadi.
