Altiboyeva Gulsanam Akbar qizi

Altiboyeva Gulsanam Akbar qizi
Altiboyeva Gulsanam Akbar qizi
13 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Altiboyeva Gulsanam Akbar qizi 10.06.2007 kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Jizzax viloyati Zafarobod tumani Uzun QFYda yashaydi. Gulsanam Guliston davlat universiteti Filologiya fakultetining o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi bo‘lib, 2025-yildan beri tahsil oladi.

U “Yil talabasi”, “O‘zbekiston faxri” va “Yuksak iste’dod” nishonlari sohibasi, shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan A daraja sohibasidir. Universitetga o‘qishga qabul qilingach, hayotida ko‘plab yaxshi voqealar sodir bo‘lganini ta’kidlaydi.

Gulsanam bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va o‘zini kitobxon deb biladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U boshqalar undan qat’iyatlilikni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Uning eng katta maqsadi — Prezident administratsiyasida ishlash.

Uning hayotiy prinsipi: “Haqiqiy liderlik o‘zidan nom qoldirish emas, o‘zidan keyingilarga imkoniyat qoldirish demakdir.”

Hoziroq ariza qoldirish