Anorboyeva Dilbar
Anorboyeva Dilbar Faxriddin qizi 2006-yil 11-avgustda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa hududlarida yashaydi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2024-yilda boshlagan. Dilbar “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan. Shuningdek, voleybol bo‘yicha respublika miqyosida 2-o‘rin, raqs bo‘yicha viloyat miqyosida 1-o‘rin sovrindori hisoblanadi.
Uning hayotiga ta’sir qilgan muhim voqealardan biri — 2022-yilda Prezident maktabiga qabul qilinganidir. Uning hayotiy prinsipi: “Har bir yangi tong yangi yutuqlar eshigini ochadi”. Bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qish va musiqa bilan shug‘ullanishni yoqtiradi.
Dilbarning fikricha, lider bo‘lish uchun boshqalarga o‘rnak bo‘la olish va boshqalarni ortidan ergashtira olish muhim. U boshqalar undan liderlikni hamda hamma bilan kelishib ketishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Kelajakda o‘z kasbining egasi bo‘lishni va turli loyihalarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiradi. U biror ishni qilishga qaror qilsa, uni albatta amalga oshiradi.
“Asosiysi, vaqtdan unumli foydalanish kerak: har bitta yangi tong biz uchun yangi imkoniyatlar eshigi.”
