Anvarova Dildora

Anvarova Dildora
Anvarova Dildora
11 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Dildora Anvarova Elyor qizi 2006-yil 6-oktabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiladi.

U 2024-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) grant asosida talabalikka tavsiya etilgan. JIDUning Xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil olib, xalqaro munosabatlar, diplomatiya, siyosiy jarayonlar, davlatlararo aloqalar va xalqaro hamkorlik masalalarini o‘rganmoqda.

Dildoraning kitob va adabiyotga qiziqishi maktab davridan boshlangan. Ayniqsa, 6–7-sinflarda badiiy adabiyot va kitobxonlikka katta qiziqish bildirgan. Keyinchalik u she’rlar yoza boshlagan. She’riyatida ona tiliga hurmat, insoniy tuyg‘ular, Vatanga muhabbat, xotira va ma’naviy qadriyatlar alohida o‘rin egallaydi. U Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlab yozgan she’ri bilan viloyat miqyosidagi tanlovda 1-o‘rinni egallagan.

U xalqaro tadbirlar, ijtimoiy loyihalar, volontyorlik tashabbuslari va yoshlar platformalarida ishtirok etib kelmoqda. Turli tadbir va loyihalarda tashkilotchilar ko‘makchisi, tarjimon va volontyor sifatida qatnashgan. 2024-yilda “Saxovatpesha” tadbirida volontyor sifatida faoliyat olib borgan hamda Xalqaro talabalar turizm forumida ishtirok etgan. 2025-yilda LUKOIL kompaniyasida volontyor va tarjimon sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, turli xalqaro tadbirlarda tarjimon va tashkilotchilar ko‘makchisi bo‘lgan.

Dildora Birlashgan Millatlar Tashkilotining Public Service Forum tadbirida tarjimon-volontyor sifatida qatnashgan. Ushbu tadbirda 100 dan ortiq xalqaro delegatlar, davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan. U SDG Week doirasidagi tadbirlarda ham faol ishtirok etgan. 2026-yil mart oyida O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchi, volontyor va tarjimon sifatida qatnashgan.

U O‘zbekiston Yoshlar parlamentining Protokol jamoasi a’zoligiga saralangan. Ushbu saralashda 200 dan ortiq nomzod orasidan 17 nafar ishtirokchi tanlangan. Protokol yo‘nalishida rasmiy uchrashuvlarni tashkil etish, tadbirlarni muvofiqlashtirish, mehmonlar va delegatsiyalar bilan ishlash hamda jamoaviy vazifalarni bajarish tajribasini rivojlantirmoqda.

Oila Dildora uchun eng katta tayanch va ilhom manbai hisoblanadi. U kelajakda diplomatiya sohasida chuqur bilim va tajriba orttirib, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchisi bo‘lishni maqsad qilgan. Shuningdek, ota-onasiga butun dunyoni ko‘rsatish va Vatan nomidan dunyo bilan muloqot qilishni orzu qiladi.

Uning hayotiy prinsipi: “Bilim bilan yo‘l topish, mehnat bilan iz qoldirish, mehr bilan insonlarni birlashtirish.” Ramziy shiori esa: “Yo‘l tugagan joyda to‘xtamaslik — yangi yo‘lni o‘zi yaratish.”

Hoziroq ariza qoldirish