Anvarova Oysha Anvar Qizi
Anvarova Oysha Anvar qizi 2008-yil 09-martda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Moybuloq MFYda tug‘ilgan. Hozirda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashaydi. U O‘zbekiston davlat Denov tadbirkorlik pedagogik institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 7-sentabrdan boshlab boshlagan.
Oysha ona tili va adabiyoti bo‘yicha milliy sertifikat hamda ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha B1 sertifikatiga ega. Uning hayotiy shiori: «Inson intilgan narsasiga albatta erishadi». U liderlik uchun eng muhim fazilat deb zimmasidagi yukni mas’uliyat bilan bajarishni hisoblaydi. Boshqalar undan mas’uliyat va odob-axloqni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Bo‘sh vaqtida ko‘proq tabiatni tomosha qiladi yoki uxlaydi. Kelajakda xorijiy tillarni o‘rganib, sayohat qilishni rejalashtiradi. Tashqi ko‘rinishidan jiddiy taassurot uyg‘otsa-da, aslida quvnoq. Uning boshqa yoshlarga motivatsion fikri: «Qancha muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-da, yana qaytadan turishi kerak ekanligini.»
