Arabboyeva Laziza Furqat qizi
Arabboyeva Laziza Furqat qizi 02.09.2007-yilda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashaydi. U Samarqand davlat universitetining Fundamental tibbiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi bo‘lib, Fundamental tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 02.09.2025-yilda boshlagan.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, til o‘rganish, xususan ingliz tilini o‘rganish va kompyuterda ishlash bilan shug‘ullanadi. U har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiladi. Uning hayotiy prinsipi: «Qiyinchiliklar — to‘xtash uchun emas, kuchliroq bo‘lish uchun beriladi».
Uning fikricha, haqiqiy lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va boshqalarga namuna bo‘la olishdir. Kelajakda yetuk vrach bo‘lish, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lish va yaxshi o‘qishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan mas’uliyatni his qilishni, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni va maqsad sari qat’iyat bilan borishni o‘rganishlari mumkin. U hayotda faqat natijadan emas, balki jarayondan ham saboq olishga harakat qiladi hamda har bir qiyinchilikni o‘sish uchun imkoniyat deb biladi.
«Qiyinchiliklardan qo‘rqmang, aynan ular sizni kuchli va sabrli qiladi».
