Asadova Komila Rahmatullayevna
Asadova Komila Rahmatullayevna 2009-yil 26-oktyabrda Surxondaryoda tug‘ilgan. U Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashaydi va 40-maktabda tahsil oladi. Komila biologiya va kimyo fanlarini o‘rganadi, kelajakda malakali va mehribon shifokor bo‘lishni orzu qiladi.
U bu yo‘nalishda 6-sinfdan beri shug‘ullanib keladi. Dastlab darslari ko‘pligi sababli juda qiynalgan. Birinchi marta ingliz tilidan sertifikat imtihoniga topshirganida B1 darajasidan 48 ball olgan. Bu holat uning hayotiga juda katta ta’sir qilgan: u hayotda mag‘lubiyat bo‘lishini va hech qachon taslim bo‘lmaslik kerakligini tushungan. Keyinchalik juda qattiq tayyorgarlik ko‘rib, sertifikat olgan.
Komila B2 sertifikatiga ega, olimpiadada 2-o‘rin g‘olibi bo‘lgan hamda kurash bo‘yicha oltin medal sohibi. Bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar o‘qiydi, tennis bilan shug‘ullanadi va ingliz tilida chet elliklar bilan suhbatlashadi.
Uning hayotiy shiori: «O‘z ishingni sevsang, har kuning bayramdek o‘tadi». Komilaning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider o‘z qarorlari uchun javob berishi, jamoasini tinglashi va hurmat qilishi, qiyin vaziyatda boshqalarga tayanch bo‘lishi, xatolarini tan olishi hamda boshqalarni rivojlanishga ruhlantirishi kerak, deb hisoblaydi.
U insonlarning sog‘lig‘ini tiklashga, ularga umid va ishonch berishga hissa qo‘shishni xohlaydi. Uning uchun shifokorlik shunchaki kasb emas, balki inson hayotiga foyda keltirish va kerak bo‘lgan paytda yordam qo‘lini cho‘zish imkoniyatidir. Komila bilimli, mas’uliyatli va o‘z kasbini chin dildan sevadigan shifokor bo‘lib, ko‘plab insonlarga yordam berishni eng katta maqsad deb biladi. U yangi narsalarni o‘rganishga, ayniqsa tibbiyot va inson salomatligi bilan bog‘liq mavzularga juda qiziqadi, o‘z ustida ishlashni yaxshi ko‘radi hamda har bir qiyinchilikdan tajriba olishga harakat qiladi.
«Hech qachon o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni yo‘qotmang, chunki katta orzular sabr bilan amalga oshadi.
Bugungi kichik harakatlaringiz kelajakdagi katta muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.»
